Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Marko Asensio La Liganing 34-turidan o'rin olgan "Atletik"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshladi.
Ma'lumot uchun, Asensio 420 kundan so'ng ilk marta asosiy tarkibda maydonga tushdi. O'tgan yili yozda futbolchi jaroht olgandi va mavsumning asosiy qismini o'tkazib yuborgan.
Eslatib o'tamiz, Asensio so'nggi bor o'tgan yili 12 may kuni "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda boshlang'ich tarkibda maydonga tushgan.