Himoyachi Ashraf Hakimiyning agenti Alexandro Kamano futbolchi nima uchun "Real"dan "Inter"ga o'tganiga izoh berdi.
"Hakimiyning "Inter"ga o'tishining asosiy sababchisi — bu Zayniddin Zidan. U futbolchiga biror marta qo'ng'iroq qilmaganiga izoh berishi kerak.
"Madrid" tarkibida Dani Karvaxal kabi o'yinchi bor ekan, Ashrafning "Real"ga qaytishi to'g'ri qaror bo'lardi, deb o'ylamayman. Lekin, ishonchim komil, mazkur qadamdan keyin Hakimiyning kelajagi porloq.
Konte esa mijozim bilan doimiy aloqada bo'lib turdi, u bilan klub loyihasi haqida suhbatlashdi. Shuning uchun Ashraf "Inter"ga o'tishga qaror qildi. Top-darajadagi murabbiy seni asosiy tarkibda ko'rishni istar ekan, demak, sen uning rejasidagi muhim rol o'ynaysan", – dedi agent.