«Real» yozgi transfer paytida ortiqcha o'yinchilarni sotib yuborib, 200 million evro pul ishlab topmoqchi.
"Marca" tarqatgan xabarga ko'ra, Garet Beyl, Xames Rodriges, Braim Dias, Dani Sebalos va Mariano Dias mavsum yakunlanganidan keyin Madridni tark etishadi.
Ushbu mavsum oxirida «qaymoqranglilar» tomonidan ijaraga berilgan ko'pgina futbolchilar «Bernabeu»ga qaytishadi. Jamoa esa o'z byudjetini barqarorlashtirish uchun bir necha nafar futbolchilar bilan xayrlashishi kerak.
Ma'lumotlarga qaraganda, tomoshabinlarsiz o'tkazilayotgan uchrashuvlar tufayli «Real» 150 million evro miqdorida zarar ko'radi.