«Real» darvozaboni Tibo Kurtua Ispaniya chempionatining 33-turi doirasida bo'lib o'tgan «Xetafe»ga qarshi o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Belgiyalik posbonning La liganing joriy mavsumida gol o'tkazib yubormagan o'yinlari soni 16taga etdi.
"Quruq" o'yinlari soni bo'yicha Kurtua Evropaning top-5 chempionatlarida darvozabonlar orasida 1-o'ringa ko'tarilib oldi. Bungacha Tibo «Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer bilan qo'shpeshqadamlik qilayotgan edi.
Kurtua Ispaniya chempionatining ushbu mavsumida 30ta o'yinda maydonga tushib, jami 18ta gol o'tkazib yubordi.