"Real" himoyachisi Rafael Varan Ispaniya chempionatining 33-turidan o'rin olgan «Xetafe»ga qarshi o'yinda jarohat olib, maydonni tark etgan edi.
Frantsiyalik futbolchi elkasida og'riq his qilmoqda. U uchrashuvdan keyin jamoa tibbiyot shtabi kuzatuvi ostida o'z uyiga etib keldi.
27 yoshli o'yinchi katta ehtimol bilan La liganing 34-turi doirasida bo'lib o'tadigan «Atletik»ga qarshi o'yinda maydonga tusha olmaydi. Shu bois, Bilbaoda uchrashuvda himoya markazida Eder Militao harakat qilishi kutilmoqda.