«Real» yarimhimoyachisi Marko Asensio jamoani tark etmoqchi emas.
Daily Mail xabariga ko'ra, futbolchi «Arsenal», «Yuventus» va «Manchester Yunayted» klublarining qiziqishidan xabardor. Bu vaziyatdan foydalangan Asensio «Real» bilan yangi, moliyaviy tarafdan foydaliroq shartnomani imzolashni rejalashtirmoqda.
«Real» prezidenti Florentino Peres futbolchi bilan xayrlashishini istamayapti va uning talabini qondirishi mumkin.