«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Ispaniya chempionatining 33-turi doirasida «Xetafe»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (1:0) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«O'yindan oldin bizga oson bo'lmasligi ma'lum bo'lgandi. Birinchi bo'limda «Xetafe» jiddiy pressing uyushtirdi va bu bizga qimmatga tushishi mumkin edi. Lekin biz o'z golimizni sabr bilan kutdik.
Ular himoyada yaxshi o'ynaganiga qaramay, biz xotirjamlikni saqlab qolishimiz kerak edi. O'yinchilarni tabriklayman. Ularga ruhiy va jismoniy tomondan oson emas.
Biz bor-yo'g'i 3 ochkoni qo'lga kiritdik. Bizga g'alaba kerak edi va biz muhim ochkolarga ega bo'ldik. Endi oldinda 5ta final kutib turibdi. Endi dam olib, keyingi o'yin haqida o'ylashimiz kerak. Chempionat hali yakunlanmadi, shu bois, chempionlik haqida gapirishga hali erta», – dedi Zidan.