«Xetafe» darvozaboni David Soriya «Real»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin borasida o'z fikrini bildirib o'tdi. Eslatib o'tamiz, uchrashuvdagi yagona golni Serxio Ramos penaltidan urdi.
«Biz juda yaxshi o'ynadik, ammo bunday uchrashuvlarda kichik xatolar uchun jazolashadi. Durang adolatli natija bo'lardi. Top-klublar bilan uchrashuvlarda o'yin taqdirini kichik detallar hal qildi. Biz hech bir tomonlama raqiblarga yutqazmagan edik.
Penaltidan avval bir qarorga kelish kerak. Men Messining Panenka uslubidagi zarbasini ko'rgandik. Ramos ham shunday zarbani takrorlasa kerak deb o'ylagandim, ammo u bunday qilmadi», — dedi Soriya.