Xalqaro chempionlar kubogi doirasida "Real" va "Manchester Yunayted" o'rtasidagi o'yindan keyin Joze Mourino o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Bu o'yin biz uchun yaxshi mashg'ulot vazifasini o'tadi. Birinchi bo'limda "Real"ning eng zo'r futbolchilariga qarshi yaxshi o'yin o'tkazdik. Tanaffusdan keyin esa yosh madridliklar bilan o'yinda biz motivatsiyani, o'yinga bo'lgan ishtiyoqni yo'qotib qo'ydik. Ikkinchi taymga qaytgan futbolchilarim "Real"ning zaxira tarkibini ko'rib hafsalasi pir bo'ldi.
Ikkita penaltilar seriyasida amalga oshirilgan 10ta zarbadan 3tasida gol urdik. Bu mavsumoldi tayyorgarlik jarayoni. Men eng yaxshi penaltichilarni tanlamadim", — dedi Mourino.