Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  La Liga. "Real" - "Xetafe" 1:0 (Matnli translyaciya)

Ispaniya chempionatining 33-turi doirasi "Real Madrid" - "Xetafe" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatishingiz mumkin.

YANGILASH

81-daqiqa. Endi "Real" shoshilmasdan to'pni nazorat qilmoqda va raqib qanday reakciya ko'rsatishini kutmoqda. Bo'sh zonalar va qarshi hujum uchun imkoniyat "qirollik klubi" uchun ayni muddao.

79-daqiqa. Serxio Ramos ishonch bilan imkoniyatdan foydalandi. Darvozabon zarba bo'yicha otildi, lekin kech qoldi va to'pga eta olmadi.

78-daqiqa. PENALTI! Dani Karvaxal qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi, "zamaxda" himoyachini aldadi va chalib yiqitildi!

75-daqiqa. Hakam futbolchilarga: "Bugun sizlarga nima bo'lyapti, qachon gol urasizlar? Suv ichib oling, hech bo'lmasa shundan keyin gol ko'rarmiz" degandek, kichik tanaffus berdi.  

72-daqiqa. Bu safar hakam Xayme Matani kartochka bilan jazoladi.  

69-daqiqa. Toni Kroos to'pni aylantirib Benzemaga etkazib bermoqchi edi, ammo charchadi shekil, to'p butkul boshqa tomonga uchib ketdi. 

67-daqiqa. Marko Asensio qanotdan uzatgan to'pga Benzema ega chiqdi, o'ziga to'g'rilab olib, zarba berdi, lekin noaniq. 

66-daqiqa. O'yin chindan tezlashdi. Lekin shu bilan birga tez o'ynashga harakat qilayotgan futbolchilar noaniqlikka ham yo'l qo'yishmoqda. 

Ana endi mezbonlar yanada faollashishini kutib qolamiz. 

64-daqiqa. Isko, Modrich va Vinisius maydonni tark etdi. 

Zidan bir yo'la 3 nafar futbolchini almashtirishga kirishdi chog'i. Valverde, Asensio va Rodrigo maydonga tushishga tayyor turibdilar.

61-daqiqa. "Xetafe" chap qanotdan hujum uyushtirdi, lekin so'nggi pallada Kazemiro to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.  

58-daqiqa. Qarshi hujumda "Xetafe" yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi. Mendi avvaliga to'pni olib qo'ydi, ammo keyin raqibga "sovg'a" qildi, lekin zarbaga aniqlik etishmadi.  

57-daqiqa. Modriiiiich! Uning zarbasidan so'ng to'p himoyachiga tegib, darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.  

56-daqiqa. "Real" qanchalik urinmasin, chinakam xavfli vaziyat yaratishga qiynalmoqda. Mehmonlar himoyada yaxshi o'ynamoqda.

54-daqiqa. Serxio Ramos oxirgi 3-4 daqiqa ichida kung-fu futbol o'ynayotgandek!)) 

52-daqiqa. Suaresga sariq kartochka ko'rsatildi. Bu borada hisob 4:3!

51-daqiqa. Mendi qoidani buzdi, "Xetafe" jarima zarbasini amalga oshiradi. 

49-daqiqa. Kurtua ham bugun biroz asabiylashayotgandek. U yana bir marta nisbatan oddiy vaziyatda himoyachiga to'p oshirishda noaniqlikka yo'l qo'ymoqda. 

47-daqiqa. Yana sariq. Eder Militao tezda javob qaytardi. Bu ketishda futbolchilardan biri maydonni ertaroq tark etishi ham hech gap emas.

46-daqiqa. Navbatdagi sariq. Bu safar Nom ogohlantirildi. 

Navbatdagi 45 daqiqalikda gol, iloji bo'lsa gollar ko'ramiz deb umid qilamiz!

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+5-daqiqa. "Real Madrid" birinchi bo'limni tezroq yakunlab qo'ya qolishni maqul ko'rdi. Mezbonlar hujumga o'tavermagach, hakam bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. 

Birinchi bo'limda futbolchilar bizni gollar bilan emas, kartochkalar bilan "xursand" qilishdi. 

45+3-daqiqa. Yana Luka qoida buzdi va hakam unga sariq kartochka ko'rsatdi. 

45+2-daqiqa. Modrich hujumda qoidani buzgan deb topildi. 

Birinchi bo'limga hakam 5 daqiqa qo'shib berdi. 

O'yin chindan ham keskin kurashlarga boy bo'lmoqda. Futbolchilar raqiblarini ayab o'tirishmayapti va yaxshi-yazshi zarbalar bilan siylashmoqda. 

44-daqiqa. Kazemiro-Vinisius-Benzema kombinaciyasidan keyin Karim bergan zarbaga aniqlik etishmadi.   

42-daqiqa. Vinisius tezligi ishga solib raqibni dog'da qoldirmoqchi bo'ldi, lekin shunchalik tez yugurdiki to'p qolib keta boshlagach, o'zi ham harakatlari va to'p nazoratini qo'ldan chiqardi. 

40-daqiqa. Karim Benzema to'pni egallab hujumni rivojlantirmoqchi bo'lgan bir pallada, o'yindan tashqari holat qayd etildi. 

39-daqiqa. Karvaxal markazga yaqin joydan "autdan" to'pni tashlab Benzemani qulay vaziyatga chiqarib yubormoqchi bo'lgandi, lekin franciyalik futbolchi zarba berish uchun imkon topa olmadi. 

38-daqiqa. Jarima zarbasi tepiladigan bo'ldi. Toni Kroos uzatgan to'pga hujumdagilardan hech kim eta olmadi.  

36-daqiqa. Kazemiroga nisbatan qo'pollik, hakam hushtak chaldi, lekin jarimami yoki penalti aniqlik kiritish zarur. 

35-daqiqa. "Xetafe"ning hujumi xavfli tus olishi mumkin edi, lekin hakam qoida buzilmadi deb hisobladi. Qarshi hujumda esa zarbadan keyin darvozabon to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

Franciyalik himoyachi avvalroq burchak to'pidan keyin kurashda jarohat olgani malum bo'ldi. 

33-daqiqa. O'ZGARISH. Jarohat olgan Rafael Varanning o'rnini Eder Militao egalladi. SHu o'rinda, Varan restardan so'ng biror marta almashtirilmaganini va bu borada u yagona bo'lganini eslab o'tish lozim. 

30-daqiqa. Hakam futbolchilarni suv ichib olishga chaqirdi. Balki chanqog'ini bosganlaridan keyin ular gollar urishni boshlashar. 

29-daqiqa. "Real" o'yindagi birinchi burchak to'pini amalga oshirdi. Serxio Ramos raqib jarima maydonida faollik ko'rsatdi, lekin to'p darvoza tomon borishni istamadi. 

Ochkolar har ikki jamoaga kerak.

27-daqiqa. Taxmin qilinganidek, maydonda chinakam kurash kechmoqda. 

26-daqiqa. Yuzidan "tarsaki egan" Serxio Ramosga sariq kartochka ko'rsatildi.  

23-daqiqa. Vanihoyat, favorit deyilgan "Real" hujum uyushtirdi. Birinchi kelishning o'zida sal qolsa madridliklar raqib darvozasini ishg'ol qilishlari mumkin edi. CHap qanotdan katta tezlikda oldinga o'tgan Mendi jarima maydoni ichidagi Vinisiusga to'pni etkazdi, braziliyalikning zarbasini esa Soriya katta qiyinchilik bilan bartaraf etdi.   

22-daqiqa. "Xetafe" ketma-ket ikki bor burchak to'pini amalga oshirdi, lekin biror naf chiqara olmadi. 

19-daqiqa. Kutilmaganda, hozircha ko'proq mehmonlar oldinga o'tishga, darvoza oldida vaziyat yaratishga intilmoqdalar. 

17-daqiqa. Jarima maydonchasi ichida Karvaxal to'p uchun kurashda Matani turtib yuborgandek ko'rindi, hujumchi penalti so'radi, ammo hakam jim. 

15-daqiqa. SARIQ KARTOCHKA. Kukurelyaga qarshi qo'pollik uchun aynan Dani Karvaxal ogohlantirildi. Xavfli nuqta.  

14-daqiqa. Karvaxal to'p yuqoridan, o'zi uchun noqulay kelganiga qaramay, bosh bilan ham ajoyib o'yin ko'rsata olishini isbotlab qo'ydi.

12-daqiqa. Xayme Mata tezkor qarshi hujumni zarba bilan yakunladi, Kurtua o'z o'rnida.  

11-daqiqa. Kroos chap qanotdan Vinisiusni oldinga borishini istagandi, lekin o'yindan tashqari holat qayd etildi. 

10-daqiqa. Burchak to'pi amalga oshirildi, ammo jarima maydoni ichida "Xetafe" futbolchisi qoidani buzdi.

9-daqiqa. Jarima zarbasidan keyin "rikoshetlar" sabab to'p darvoza tomon ketayotgandi, Tibo qiyinchilik bilan uni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.   

5-daqiqa. Mehmonlar ilk burchak to'pini amalga oshirdi. Kuchsiz zarbadan so'ng Kurtua to'pni osonlik bilan ushlab oldi. 

2-daqiqa. Jamoalar o'yinni ancha bosiqlik bilan boshlashdi. "Real" to'pga ega chiqish niyatidaligini ko'rsatmoqda. 

O'yinni mehmonlar boshlab berishdi. "Xetafe" bugun ko'k rangli liboslarda o'ynaydi. Mezbonlar esa yashil rangga burkangan.

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Futbolchilarning kayfiyati alo darajada. Stadion uzra "Real Madrid" madhiyasi yangramoqda.

"Madrid"ni navbatdagi final kutib turibdi.

Yana bir necha daqiqadan keyin uchrashuv start oladi. Qiziq, "Real Madrid" asosiy raqibining ochko yo'qotishidan unumli foydalanib qola olarmikin? 

Real Madrid

Sergio Ramos - 79'

LaLiga . 33-tur

03/07/2020, 01:00

0 : 1 2-bo'lim

Getafe

Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Juan Martinez

BestMaster
3 Iyul 2020, 02:45
live , liga, real, xetafe, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads