«Real» hujumchisi Karim Benzema sud oldida javob berishi mumkin.
Gap shundaki, bundan 5 yil avval frantsiyalik futbolchi «Olimpiakos» yarim himoyachisi Matyo Valbuena ishtirokidagi intim videoni tarqatib yubormaslik uchun o'yinchidan pul talab qilish bilan bog'liq ishda vositachi bo'lgandi.
Versal prokuraturasi bugun, 2 iyul kuni yuqoridagi ish bo'yicha Benzema sud oldida javob berishini talab qildi. Bundan tashqari, prokuratura tovlamachilikda ishtirok etgan yana 4 nafar shaxsning sudga tortilishini istamoqda.
Eslatib o'tamiz, mazkur voqea tufayli Karim Benzema Frantsiya terma jamoasidan chetlatilgan edi. Shu bois, u Evro-2016 va JCh-2018ni o'tkazib yubordi.