Ashraf Xakimi milanliklar bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
Avvalroq, uning yangi klubidagi yillik maoshi 5 mln evroning tashkil etishi va transfer narxi esa bonuslarni hisobga olinmaganda 40 mln evroga tushishi aytilgandi.
SHuningdek, “qirollik klubi” futbolchini sotib olish huquqidan voz kechgani malum bo'ldi.
Marokashlik fulbek “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Asosiy jamoada 9 o'yinda qatnashib, 2ta gol urishga erishgan. 21 yoshli futbolchi so'nggi 2 mavsumni ijara asosida “Borussiya D”da o'tkazdi.