Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Robert Levandovski Madridning «Real» klubiga ko'chib o'tishga juda yaqin kelganini tan oldi.
«O'z vaqtida juda ko'plab mish-mishlar tarqalgandi. Men haqiqatdan ham «Real» tarkibiga ko'chib o'tishni juda ko'p o'ylagandim. Biroq, yakunda «Bavariya»da qolishga qaror qildim va bu qarorimdan afsuslanmayman.
Men Myunxenda juda baxtliman. «Bavariya» - katta oila. Klubdagilar meni hurmat qilishadi va men bundan xursandman», - dedi Levandovski.