Joriy mavsumni ijara asosida «Malorka»da o'tkazayotgan «Real» yarim himoyachisi Takefusa Kubo Ispaniya chempionatida o'zini yaxshi namoyish qila oldi. «Madrid» rahbariyati futbolchining o'sish tempidan qoniqish hosil qildi.
"AS" tarqatgan xabarga ko'ra, kelasi mavsumda yaponiyalik futbolchini ijaraga olishni istagan klublar soni ko'paygan. «Qirollik klubi» esa Kuboni evrokuboklarda ishtirok etadigan jamoaga berib, uning yanada rivojlanishini istamoqda. Shu bois, madridliklar «Real Sosedad» variantini ko'zlashmoqda.
San-Sebastyanda o'ynayotgan "Real"ning yana bir a'zosi Martin Edegor ham kelasi mavsumda «Real Sosedad»da o'ynashda davom etadi. Baskoniya klubi "qaymoqranglilar"ga bergan va'dasining ustidan chiqib, norvegiyalik futbolchiga etarlicha o'yin amaliyotini taqdim etdi.
Bundan tashqari, Kubo keyingi mavsum uchun ijara borasida tushgan takliflarni tanlash huquqiga ega. Ma'lumotlarga qaraganda, «Milan» ham yaponiyalik futbolchining xizmatiga qiziqish bildirmoqda. Takefusa esa Ispaniyada qolishni istamoqda.