"Inter" rasmiy saytida marokashlik himoyachi Ashraf Hakimiy bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
Hakimiy "neradzurrilar" bilan 2025 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. "Inter" futbolchi uchun 45 million evro va bonus tariqasida yana 5 million evro to'ladi.
Eslatib o'tamiz, transfer huquqi "Real"ga tegishli bo'lgan himoyachi so'nggi mavsumni "Borussiya Dortmund"da o'tkazgan edi.