So'nggi mavsumlarni "Borussiya Dortmund" safida ijarada o'tkazgan Madridning "Real" klubi himoyachisi Ashraf Hakimiy "Inter"ga o'tishga yaqin turibdi.
Jurnalist Nikola Skiraning xabar berishicha, bugun Milan va Madrid klublari transferning so'nggi tafsilotlarini kelishib olishadi va ertaga 21 yoshli marokashlik himoyachi "neradzurrilar" safida tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Inter" Hakimiy uchun 40 million evro to'lashi haqida xabarlar tarqalgan edi.