Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi hayotining qolgan qismini murabbiylik sohasida o'tkazib yuborishni xohlamaydi.
Zinedin Zidan «Espanol» klubiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuv arafasida kelajakdagi rejalari bilan o'rtoqlashdi.
«18 yil futbol o'ynadim. O'shanda men hech qachon murabbiy bo'laman degan aytmaganman, lekin keyinchalik barchasi o'zgarib ketdi. Ammo, 20 yil murabbiy bo'lib ishlash – men uchun emas.
Futbolchilik faoliyatimdan ko'ra, murabbiylik faoliyatim muvaffaqiyatli chiqqan deb aytishim mumkin», – Zidanning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Evening Standard.