Niderlandiyalik 36 yoshli futbolchi Aren Robben faoliyatini yakunlanganidan bir yil o'tib, yana katta futbolga qaytdi.
Robben faoliyatidagi ilk klubi "Groningen" bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.
Eslatib o'tamiz, Robben 2000 yilda aynan ushbu klub safida debyut mavsumini o'tkazib, keyinchalik PSV, "Chelsi", "Real" va "Bavariya" klublari sharafini himoya qilgan.
2019 yilda Aren "Bavariya" safidagi chempionlikdan keyin futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgandi.