«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan va yarim himoyachi Garet Beyl o'rtasidagi munosabat yana sovuqlashdi, deya xabar tarqatdi ESPN nashri.
Uelslik futbolchi aksariyat hollarda zaxiradan maydonga tushirayotganidan norozi bo'lmoqda. Zidan va uning shtabida Garetning mashg'ulotdagi ishiga e'tiroz yo'q, ammo murabbiyning qaroriga nisbatan bildirayotgani noroziligi frantsiyalik mutaxassisga yoqmayapti.
Ma'lumotlarga qaraganda, Beyl va «Madrid» prezidenti Florentino Peres o'rtasidagi munosabat ham avvalgidek emas.
30 yoshli futbolchi La liganing joriy mavsumida 16ta o'yinda maydonga tushgan.