«Real» sardori Serxio Ramos «Malorka»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (2:0) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi. Shuningdek, futbolchi «Barselona» himoyachisi Jerar Pikening so'zlariga javob qaytardi.
«Atrofimizda bo'layotgan gap-so'zlar — bu normal holat. Barchasiga biz musobaqa jadvalining yuqorisida turganimiz sababchi. Ilgari gap-so'zlar ko'p bo'lmasdi. Hakamlar qaysidir jamoa foydasiga qaror chiqarishyapti, deb o'ylamayman. Kimlargadir biz faqat hakamlar tufayli peshqadamlik qilayotgandek ko'rinayotgan bo'lsa kerak.
Mening gollarim — tinimsiz mehnat uchun berilgan mukofot. Men xursandman.
Har uch kunda o'yin o'tkazayotganimiz uchun bugun charchoqni his qildim. Bugungi o'yinimizdan qoniqish hosil qilmadik. Yaxshilashimiz kerak bo'lgan jihatlarimiz bor», — dedi Ramos.