"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo David De Xeani mankunianliklar safida qolishiga ishonchi komil ekanligini aytib o'tdi.
"Kafolat beraman, ushbu mavsumda u hech qayerga ketmaydi. De Xea juda haqiqatparvar, xalol inson. "Real" allaqachon u bilan qiziqayotgan edi. Shu bilan bir qatorda men jamoadan ketishni xohlaganlarni klubimda olib o'tirmayman, chunki u bor kuchi bilan o'ynamay qo'yadi. O'ylashimcha, De Xea "Real"ga o'tishga qiziqmayapdi. U "Manchester"da baxtli. Xullas, men 100% kafolat beraman, u biz bilan qoladi. "Real"ga qarshi ikkita tarkibni maydonga tushiraman. Bu o'rtoqlik o'yini, hisobni qanday bo'lishi menga qiziq emas. Ko'rib turganingizdek jamoamda futbolchilar ko'p." - deydi Mourinyo.