"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu soliq to'lamagnligi uchun beriladigan jazodan qutilishi mumkin, deya xabar beradi Mundo Deportivo.
Manbaga ko'ra, Ronaldu hamon soyada qolmoqda, futbolchi jazoga tortilishi mumkin bo'lgan eng oxirgi muddatlar ham yakuniga etmoqda. Surishtiruv ishlari 2015 yilda boshlangan. Prokuror 30 iyunga qadar arz qilishi mumkin, aks holda ayblovlar beor qilinadi.
2016 yilda Ronuldu o'z agenti Jorje Mendesh ishlab chiqqan sxema bo'yicha 150 mln evroni Shveytsariya va Britaniya Virgin orollari ofshorlarida yashirgan bo'lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.