28 yoshli Xames Rodires o'tgan yilning yozida jamoani tark etishga yaqin kelganini aytib berdi. O'shanda «Real» futbolchini qo'yib yubormagandi. Shuningdek, Rodriges Xitoydan ajoyib taklif olgandi.
«Aynan qaysi jamoadan ekanligini aytmayman, lekin o'tgan yili ajoyib taklif olgandim, biroq, «Real» meni qo'yib yuborishni istamagandi. Meni boshqa klubga sotishmoqchi bo'lishgandi. Shuningdek, Xitoydan ham ajoyib taklif tushgandi. Biroq, men agentimga Evropaning kuchli klublaridan takliflarni qabul qilishini aytgandim», – dedi Xames.