Londonliklar to'rt nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi.
Londonning «Arsenal» klubi matbuot xizmati tarqatgan xabarga qaraganda, jamoa himoyachisi David Luis "Arsenal" tarkibida yana bir yil harakat qiladi. Shuningdek, Pablo Mari va Sedrik Soaresh bilan ham shartnomalar uzaytirildi.
Bundan tashqari, «Arsenal» Dani Sebals bilan ham ijara shartnomasini uzaytirdi. «Real» himoyachisi mavsumni Londonda yakunlaydigan bo'ldi.
«Arsenal» ayni paytda APLning to'qqizinchi pog'onasini band etib turibdi, lekin evrokuboklarda ishtirok etish uchun imkoniyati bor.