Madridning "Real" klubi sobiq darvozaboni Iker Kasilyas kelajakda "qirollik klubi"ga qaytishni istayotganini ma'lum qildi.
"Men "Real"ga qaytishni istayman. Ushbu klubni o'z uyim deb bilaman, garchi so'nggi 5 yil davomida u erda bo'lmagan bo'lsam ham. Ammo men u erda 25 yil yashadim va bir kun kelib qaytishimga aminman", -deydi darvozabon.