«Real» Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasidagi «Manchester Siti»ga qarshi javob o'yini neytral maydonda o'tkazilishini istamoqda. Eslatib o'tamiz, Madridda o'tkazilgan dastlabki uchrashuvda "shaharliklar" 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan edi. Javob bahsi esa koronavirus pandemiyasi tufayli boshqa muddatga qoldirilgan edi.
"The Athletic" jurnalisti Devid Ornshteyn xabar tarqatishicha, «Real» javob uchrashuvi Manchester shahrida emas, neytral maydonda o'tkazilishini talab qilmoqda. Ehtimoliy variant — bu Lissabon shahri. Madridliklar Angliyadagi koronavirus bilan bog'liq vaziyatdan xavotir olishmoqda.
Hozirgi paytda Angliyaga tashrif buyurgan insonlar 2 haftalik karantin muddatini o'tashlari kerak.
Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi esa chorak finaldan boshlab "sakkiz finalchi" formatida Lissabon shahrida o'tkaziladi.