Sarlavhadan ham angalaganingizdek, hozir biroz yumorga murojaat etamiz. Ho'sh, qaysi futbolchilar faoliyati so'nggida sochdan voz kechishga majbur bo'lgan? Bugun ular haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.
Henrik Larsson
Larrson futbolchilik faoliyatini zamonaviy soch turmaklari bilan boshlagani ko'pchilikning yodidan ko'tarilmagan bo'lsa, kerak.
Shunday bo'lsada, u o'zining so'nggi mavsumlarida soch turmaklarisiz ham saviyali futbol namoyish etish mumkinligini angladi shekilli, boshqa soch o'stirgani yo'q.
Pepe
Portugaliyalik “jangchi” barchamizning ko'z o'ngimizda taqir boshli, jaxldor himoyachi sifatida gavdalanadi.
Vaholanki, qachonlardir u sochlari jinggalak yoqimtoy yigit bo'lgan…
Zidan
Zidanni 100 yildan keyin ham “yaltiroq boshli” futbolchi sifatida xotirlashadi.
Uning yoshlik chog'ida olingan suratlariga e'tibor qaratsangiz, unda biz tanigan Zidandan asar ham yo'q ekanligini darrov anglaysiz.
Robben
Gollandiyalik futbolchi qachonlardir sartaroshlarning “aziz mehmoni” bo'lgan, biroq undagi nasl suruvchi kasallik sababli faoliyati so'nggida sochlar uni tark etadi.
Robbenning o'zi bu haqida ortiqcha ta'rif berishni hush ko'rmaydi. Bu mavzudagi savollarni doimo ochiq qoldiradi.
Spaletti
Italiyalik murabbiy ham o'z vaqtida futbolchi bo'lgan. Tan olish lozim, chakki faoliyat olib bormagan.
Afsuski, moda bilan hamnafas italiyalik murabbiy sochlar bilan xayrlashishdan boshqa chora topa olmadi. Shunga qaramay, u bugungi kunda eng zamonaviy murabbiylar qatoriga kiradi.
Viktor Onopka
Pepedan farqli o'laroq, Viktorni sochlarning o'zi tark etishga qaror qilgan.
Rus futbolining afsonasi terma jamoa uchun o'zining 100 uchrashuvini o'tkazayotgan chog'dayoq deyarli sochsiz qolgan edi.
Pep Gvardiola
Bechora Pep aynan shu omil sababli ko'plab hazillarga nishon bo'lgan va bo'lib kelmoqda.
Tomas Myuller: “Jamoamizda ikkita inson oyna oldida uzoq ushlanib qoladi. Ularni o'z soch turmaklari juda ko'p vaqtini olib qo'yadi. Ular kim deysizmi? Robben va Gvardiola!”
Joze Mourino, Riberi, Garri Nevill, Rio Ferdinand singari futbol olamidagi mashhurlar ham Pepni tark etgan sochlar haqida o'zlarining “qaynoq” fikrlari bilan o'rtoqlashishga ulgurishgan.
Roberto Karlos
Agar siz braziliyalik futbolchini sochi o'sgan qiyofadagi suratiga qarasangiz, tanimay qolishingiz mumkin.
Sababi juda oddiy. Chap oyoqdagi zarbalar qiroli barchamizning yodimizda kuchli zarbalari va yaltirab turgan boshi bilan qolgan.
Ronaldo
"So'yloq" bugungi ro'yxatimizni yakunlab beradi. Ronaldoning fikricha, sochlar futbolchi uchun faqat to'sqinlik qiladi. Shu sababli u ulardan voz kechgan shekilli...