Ispaniya prokuraturasi «Everton» bosh murabbiyi Karlo Anchelottini soliq to'lashdan bosh tortganlikda aybladi.
Soliq organlarining taxminicha, 61 yoshli murabbiy 2013-2015 yillarda «Real»ni boshqargan paytda imij huquqlaridan olgan daromadlarining 10 foizi miqdorida soliq to'lagan, vaholanki, u 45 foizini to'lashi kerak edi. Shu tariqa, u davlatni 1 062 079 evroga aldagan.
Ispaniya soliq organlari tomonidan so'nggi yillarda olib borgan surishtiruv ishlari natijasida Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu kabi mashhur futbolchilar aybdor deb topilgan edi. Messiga 21 oy shartli qamoq jazosi tayinlangan bo'lsa, Ronaldu 18,8 mln evro jarima to'lagan edi.