«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan «Real Sosedad»ga qarshi bo'lib o'tgan La liga bahsi (2:1) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Biz faqat hakamlar haqda gapirayotganimiz meni xavotirga solmoqda. Shunday tasavvur uyg'otyaptiki, go'yoki biz maydonda hech narsa qilmadik, barchasini nazorat qila olmaymiz. Biz maydonda g'alaba qozondik, bu haqli g'alaba bo'ldi. Qarorlarni hakamlar qabul qiladi, men ularni muhokama qilmayman. Ular o'z ishini bajarishmoqda. Ularning qarorlarini hurmat qilishimiz kerak.
Hali hech narsaga erishmadik. Ha, restartdan keyin 3ta yaxshi o'yin o'tkazdik. Lekin mavsum oxirigacha oson bo'lmasligini tushunib turibmiz. Chunki, Ligada kuchli jamoalar ko'p. Biz yaxshi dinamika bilan o'ynashda davom etishimiz kerak. Biz g'alaba qozonishga chog'langan jamoa edik.
Ramosning jarohati? O'ylashimcha, uning oyog'i shunchaki lat egan», — dedi Zidan.