Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Martin Edegor kelasi mavsum ham "qirollik klubi" sharafini himoya qilmaydi. Bu haqda Ispaniya matbuoti yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, Edegor "Real Sosedad" bilan ijara muddatini yana bir yilgan uzaytirish borasida kelishuvga erishgan.
Eslatib o'tamiz, futbolchi xizmatiga "Milan" ham jiddiy qiziqish bildirayotgan edi.