"Bavariya" himoyachisi David Alaba bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikola Skira xabar tarqatdi.
Ma'lumotlarga qaraganda, tomonlarning yangi shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan bo'ladi. Alaba yangi shartnomaga ko'ra qancha maosh olishi ma'lum emas.
Eslatib o'tamiz, himoyachi xizmatiga "Barselona" va Madridning "Real" klublari qiziqayotgan edi.