Ushbu ruknimizdagi tarixiy suratlat bilan tanishtirishda davom etamiz.
Ronaldo “Barselona” futbolchisiga aylanmoqda. U ko'p o'tmay shu klub safida o'zining yulduzli faoliyatiga start beradi!
Futbol qiroli ovga chiqqan ko'rinadi
1988-yil. Yangi “Milan” katta sahnaga chiqib kelmoqda. Gullit, Barezi, Kostakurta va Maldini Skudettoni nishonlamoqda.
Mishel Platini 1978-yildagi JChda Fransiyani guruhda qolib ketishdan asrab qola olmadi. U 2015-yilda bunda xunukroq vaziyatga tushib qolishidan bexabar.
1983-yil. Ser Aleks “Aberdin” bilan “Real”ni mag'lub etdi va Kubog egalari kubogini yurtiga olib ketmoqda. Uning yulduzli onlari aynan tayyorada boshlangan bo'lsa, ajab emas.
1966-yil. O'z uyida bo'lib o'tgan mundialda g'olib chiqqan ingliz futbolchilari xotirjam qarta o'ynamoqda. Vaholanki, bu surat final uchrashuvidan bir kun avval olingan.
2 yoshli Dalma Maradona otasiga butsalarini olib bermoqda. Afsuski, bu qizaloqni kelajakda katta qiyinchiliklar kutib turibdi…
Yurgen Klopp futbolchilik faoliyatini bir klubga bag'ishlagan. To'g'ri, aytarli hech narsa erishgani yo'q, biroq u ko'zoynakni taqqishi bilan “mo''jiza” yuz berdi. Endi u o'z ko'zoynagini sira echmayapti.
Moskvadagi EChL final uchrashuvi olidan “qizil iblislar” mashg'ulot o'tkazishmoqda. Aynan ushbu final Ronalduning ilk “oltin to'p”ni qo'lga kiritishiga turtki bo'lgan.
1992-yil. Shmeyxel Van Bastenning zarbasini bartaraf etmoqda. Aynan shu seyv yakunda Daniyani Evropa chempionati finaliga olib chiqadi.
Joazino o'z vaqtida futbol olamining qiroli bo'lgan. Afsuski, yangi avlod muxlislari u haqida aytarli ma'lumotga ega emas.
Bu komedik filmdan olingan surat emas. “Park De Prens” arenasidagi tartibga 20 asrda jandarmalar javob berishgan.
Tabloga e'tibor qarating! “Real”ni yanchib tashlagan nemislar bir haftadan so'ng, (0:4) Madriddan “tarvuzlari qo'ltiqlaridan tushib” qaytib kelishadi.