Marca nashrining xabariga ko'ra, "Real Madrid" "Pari Sen-Jermen" bilan darvozabon Alfons Areolyaning EChL so'nggiga qadar olib qolish bo'yicha kelishuvga erishdi.
Eslatib o'tamiz, frantsiyalik darvozabon o'tgan yozda Navas PSJga o'tgach madridliklar safiga ijara asosida kelib qo'shilgan. Uning shartnomasi 30 iyun kuni nihoyasiga etadi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Areolya o'rnini ukrainalik darvozabon Andrey Lunin egallaydi. Lunin 2018 yilda "Zarya"dan "Real"ga o'tgan. U shu vaqt mobaynida "Leganes", "Valyadolid" va "Ovedo" jamoalarida ijarada harakat qilib kelmoqda.