«Real» yarim himoyachisi Isko mashg'ulotda jarohat oldi. Ispaniya futbolchining o'ng oyog'i tizza orti payida jarohat aniqlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Iskoning tiklanishi uchun qancha vaqt ketishi aniq emas. Ammo u bugun bo'lib o'tadigan "Valensiya"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi.
Isko joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 23ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi.