Xabarlarga ko'ra, 21 yoshli marokashlik futbolchini Myunxenning "Bavariya" klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Germaniya klubi rahbariyati Ashraf Xakimi uchun yiliga 6-7 million evro miqdorida maosh taklif qilishga tayyor.
"Real" futbolchisini kamida 60 million evroga baholamoqda. Ashrafning "qirollik klubi" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.