Tayanch yarim himoyachisi Kazemiro "Real" uchun muhim o'yinchi hisoblanadi. Hozirda "Qirollik klubi" tarkibida uning vazifasini mukammal bajara oladigan boshqa futbolchi yo'q.
Braziliyalik futbolchi «Eybar»ga qarshi o'yinda mavsumdagi to'qqizinchi sariq kartochkasini olib, Zidanni biroz qiyin ahvolga tushirib qo'ydi. Boisi, navbatdagi ogohlantirish tufayli Kazemiro bitta o'yinni o'tkazib yuborishiga to'g'ri keladi.
"Real"ni esa ketma-ket 2ta qiyin o'yin kutib turibdi: bugun "Valensiya", 21 iyun kuni esa «Real Sosedad»ga qarshi bahslar.
"Ko'rshapalaklar"ga qarshi uchrashuvda Kazemiro maydonga tushsayu, "sariq" olsa, keyingi o'yinda maydonga tusha olmaydi. Ammo "Valensiya"ga qarshi o'yin ham juda muhim. Jamoaning ochko yo'qotishga haqi yo'q.
"AS" nashri valensiyaliklarga qarshi o'yinda tayanch zonasida Federiko Valverdenging harakat qilishini taxmin qilmoqda.