"Ijara asosida "Real Sosedad" sharafini himoya qilayotgan "qirollik klubi" yarim himoyachisi Martin Edegor San-Sebastyan jamoasi safida yana bir mavsum qolishni istayapti", deya xabar qildi Mundo Deportivo.
Takidlanishicha, 21 yoshli norvegiyalik futbolchi "Sosedad" rahbari Xokin Aperribayni o'z qaroridan ogoh etgan.
Eslatib o'tamiz, Edegor "Real" safiga 2015 yilning yanvarida (16 yosh) Norvegiyaning "Stryomgodset" klubidan kelib qo'shilgandi. Malum muddat "Real Madrid Kastilya"da to'p tepgan futbolchi 2017 yildan buyon "Xerenven", "Vitess", "Real Sosedad" klublarida ijara asosida o'ynab kelyapti.