Leverkuzenning «Bayer» klubi yarim himoyachisi Kay Haverts «Real» safiga o'tmoqchi. Bu haqda Sportbuzzer xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, futbolchi Madrid klubi yarim himoyachisi Toni Kroosdan ilhomlanib, Angliyaga emas, Ispaniya chempionatiga o'tishni afzal ko'rmoqda.
Ma'lumot uchun, 21 yoshli germaniyalik futbolchi ushbu mavsumda klub miqyosidagi barcha musobaqalarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.