«Barselona» hujumchisi Lionel Messi La liga doirasida penaltidan urilgan gollar soni bo'yicha «Real», «Atletiko» va «Rayo Valekano» klublarining sobiq futbolchisi Ugo Sanchesa bilan tenglashib oldi. Endi har ikki futbolchi hisobida 11 metrli jarima zarbasidan urilgan 56ta gol mavjud.
Messi Ispaniya chempionatining 29-turi doirasida «Leganes»ga qarshi bo'lib o'tgan bahsning ikkinchi bo'limida belgilangan penaltidan samarali foydalandi.
La ligada penaltidan kiritilgan to'plar bo'yicha Krishtianu Ronaldu etakchi hisoblanadi. Portugaliyalik futbolchi 61 marta raqib darvozabonlarini penaltidan xafa qilgan.