"Real" Ispaniya chempionatining 28-turidan o'rin olgan «Eybar»ga qarshi o'yinda ishonchli g'alabani qo'lga kiritgan bo'lsa-da, klub bosh murabbiyi Zayniddin Zidan jamoa o'yinidan qoniqish hosil qilmadi.
"Marca" tarqatgan xabarga ko'ra, o'yin yakunlanishi bilan frantsiyalik mutaxassis kiyinish xonasining o'zida futbolchilarni urishib bergan. Murabbiyning asosiy e'tirozi ikkinchi bo'limda kontsentratsiyaning yo'qolishi va futbolchilarning bo'shashganiga bo'lgan.
Ushbu mavsumda «Madrid» yana ba'zi o'yinlarda ikkinchi bo'limda bo'shashgan edi. Jumladan, «Levante» (birinchi bo'limdan so'ng 3:0, yakuniy hisob — 3:2) va «Granada» (birinchi bo'limdan so'ng 3:0, yakuniy hisob — 4:2) bilan o'yinlar bunga misol bo'ladi.