Evropaning eng yaxshi yosh futbolchisi uchun beriladigan «Golden Boy» sovrini uchun da'vogarlar ro'yxatini ma'lum bo'ldi.
"Tuttosport" taqdim qilgan ro'yxatdan Alfonso Devis («Bavariya»), Ansu Fati («Barselona»), Fil Foden («Manchester Siti»), Erling Xoland («Borussiya» D), Kallum Xadson-Odoi («Chelsi»), Rodrigo («Real»), Jeydon Sancho («Borussiya» D), Rayan Sessenon («Tottenxem»), Ferran Torres («Valensiya»), Vinisius Junior («Real») kabi o'yinchilar o'rin olishdi.
Sovringa da'vogarlarning yoshi 21dan katta bo'lmasligi hamda Evropa chempionatlarining yuqori divizionlarida o'ynayotgan bo'lishi kerak.
15 oktyabr kuni ro'yxatdagi futbolchi soni 20taga qisqartiriladi. Ekspertlar esa ular orasidan eng kuchlisini aniqlashadi.
O'tgan mavsumda «Golden Boy» sovrini «Atletiko» yarim himoyachisi Joau Felishga nasib etgan edi.