«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovskining sobiq agenti Tsezari Kuxarski polshalik futbolchi faoliyatining ma'lum bir bosqichida «Real»ga o'tishni xohlagani haqida gapirdi.
«Bavariya» bilan muzokaralarning ma'lum bosqichida Robert shartnoma imzolashni xohlamay qoldi. Buning o'rniga u «Real»ga o'tishni istagandi, chunki u erda Ronaldu to'p surardi.
Men uni katta klubda asosiy hujumchi bo'lishi kerakligiga ishontirdim. «Real»da u ertami, kechmi Benzemaning o'rnini egallagan bo'lardi, ammo uning o'sha paytdagi mavqeyini hisobga olgan holda, ikkinchi raqamli hujumchi bo'lib boshqa klubga o'tishiga yo'l qo'ymadim.
«Real», «Arsenal» va «Manchester Siti» bilan bo'lgan muzokaralarda ham xuddi shu gaplarni aytganman.
Levandovskiga faoliyatini «Bavariya»da yakunlashni maslahat bergan bo'lardim. U bor e'tiborini «Bavariya»ga qaratishi va rekordlarni yangilashda davom etishi mumkin», — deydi agent.
Ma'lumot uchun, Levandovski 2014 yilda «Borussiya D» klubidan Myunxenga ko'chib o'tgan. U joriy mavsumda Bundesliganing 28 o'yinida maydonga tushib, 30 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan kelishuvi 2021 yilgacha amal qiladi.