Madridning «Real» klubi Ispaniya La Ligasining 28-turidan o'rin olgan «Eybar»ga qarshi uchrashuvda ushbu mavsumdagi eng yomon ko'rsatkichni qayd etdi, deya xabar beradi Opta.
Xabar qilinishicha, «Qirollik klubi» raqib darvozasi atigi 6 marta zarba yo'llagan, shulardan 5 tasi aniq. Bu esa jamoa uchun joriy mavsumidagi eng yomon ko'rsatkich hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, «Real» 14 iyun, yakshanba kuni o'z maydonida «Eybar»ni qabul qilib, 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Mezbonlar safida Toni Kroos, Serxio Ramos va Marselo o'z hisobiga bittadan gol yozdirib qo'ygan bo'lsa, «Eybar»ning yagona goliga Bigas mualliflik qildi.