“90 daqiqa davomida bir xil shiddat bilan harakat qilib bo'lmaydi. SHuningdek, birinchi bo'limdan so'ng tabloda porlab turgan hisobdan keyin ham avvalgi shiddat bo'lmaydi. Ha, biz ularga juda ko'p imkoniyat berdik. Ammo bizda oldinda yana 10 ta o'yin borligini unutmaslik kerak. Kuchni to'g'ri taqsimlash kerak. Endi payshanba kungi o'yin haqida o'ylashni boshlash kerak. 5 ta o'zgarish. O'ylashimcha, foydali va keyin ham kerak bo'ladigan narsa. Zidan bu orqali ko'plab o'yinchilarga imkoniyat berishi mumkin”, — deydi Ramos.
“Real” La Liganing navbatdagi turida “Valensiya”ga qarshi bahs olib boradi.