Ispaniya chempionatining restartini "Real" ham g'alaba bilan boshladi. Madridliklar "Alfredo di Stefano" stadionida "Eybar"ni qabul qilishdi.
Zidan shogirdlari birinchi bo'limni juda zo'r o'tkazdi va raqib darvozasiga 3 marta yo'l topdi. Ayniqsa, 4-daqiqadayoq Kroos tomonidan urilgan gol "Eybar"ning ochilishiga olib keldi. Natijada tanaffusga qadar Ramos va Marselo raqib darvozasiga yo'l topa olishdi.
Ikkinchi bo'limda esa mehmonlar bosh murabbiyi amalga oshirgan o'zgarish o'z samarasini berdi. Bahsning 60-daqiqasida 15 metrlardan yo'llangan zarba natijasida to'p Bigasga tegib, to'rga borib tushdi.
Darvoqe, Tibo Kurtua o'yin davomida bir nechta seyvlarni amalga oshirdi, bir marta to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi. Aks holda "qaymoqranglilar" qiyin ahvolga tushib qolishlari mumkin edi.
Shu tariqa, "Madrid" La liganing 28-turini o'z foydasiga hal qilib, "Barsa"ni quvishda davom etadi.
Ispaniya La ligasi, 28-tur
Real Madrid – Eybar 3:1 (3:0)
Gollar: 1:0 – 4 Kroos, 2:0 – 30 Ramos, 3:0 – 37 Marselo, 3:1 – 60 Bigas.
Real Madrid – Kurtua, Ramos (Militao, 61), Marselo, Varan, Karvaxal (Mendi, 46), Kazemiro, Kroos, Rodrigo (Beyl, 61), Modrich (Valverde, 84), Azar (Vinisius Junior, 61), Benzema.
Eybar – Dmitrovich, Oliveyra, Rafa Soaresh (Bigas, 57), Arbilya (Burgos, 84), Korrea, Eksposito, Alvares, Orelyana (Leon, 57), De Blasis (Inui, 78), Kristoforo, Kike Garsiya (Enrik, 57).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (47), Kristoforo (90).