Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zinedin Zidan qabul qilishi kerak bo'lgan 5 qaror

Bugun La Liga chempionligi uchun kurash olib borayotgan "Real Madrid" o'z o'yinini o'tkazadi.

.
- Yuklab olish

1. O'yin surati

Francuz 4-3-3 taktik sxemasini xush ko'radi, oxirgi yangiliklardan kelib chiqsak, restarni shu usulda boshlash uchun mutaxassisda barcha imkoniyatlar mavjud. Bu erda albatta Azar va Asensioning safga qaytgani muhim rol o'ynaydi. Malum vaqtdan keyin aynan shu ikki futbolchi Benzema bilan "qaymoqranglilar" hujum uchligini tashkil qilishi kutilmoqda.

2.  Azar va Asensio

Azarning tuzalib, safga qaytishi Vinisius uchun o'yin amaliyoti kamayishini bildiradi. Asensio esa chap qanotda Beyl bilan raqobatlashadi va sport formasini yaxshilab olgach, unga ham non qoldirmasa kerak. Qanotda o'ynashi mumkin bo'lgan Lukas va Rodrigoni ham yoddan chiqarmaslik zarur. Jamoadagi so'nggi yangiliklarga qaraganda, Lukas Vaskes mavsumning qolgan qismini o'ng qanot himochisi Karvaxalga o'rinbosar sifatida o'tkazadi. Yovich, Mariano va Braim har qanday holatda ham asosiy tarkib futbolchisiga aylanishi juda qiyin.

3. Uch yoki to'rt nafar yarim himoyachi?

Hujumdagi futbolchilarning joylashuvi, yarim himoyaga ham tasir ko'rsatadi. Agar Zidan 3 nafar yarim himoyachi bilan o'ynashga qaror qilsa, sog'lig'i va sport formasi bilan muammo bo'lmagan taqdirda faqatgina Kazemiro va Valverdega joy kafolatlangan. Qanchalik g'alati tuyulmasin, qolgan bitta joy uchun Kroos va Modrich kurash olib boradi. Bugungi davrga kelib, "Real Madrid"ning ulkan g'alabalariga salmoqli hissa qo'shgan bu ikki futbolchining bir vaqtda maydonda bo'lishi anchayin mushkul bo'lib qolmoqda. 

Biroq francuz 4 nafar yarim himoyachi bilan o'ynashga qaror qilsa, asosiy tarkibdan Isko o'rin egallaydi. Aynan ispaniyalik futbolchi bunday joylashuvda Zizu uchun muhim futbolchiga aylanadi, 2016/17-yilgi mavsum bunga yorqin misol bo'lgandi.

Xames zaxira o'yinchisi bo'lishi aniq, ammo yangi qoidalar tufayli, kolumbiyalik ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lsa ajabmas. Bu shuningdek Braimga ham tegishli.

4. CHap qanot himoyachisi (Marselo yoki Mendi)

Umuman olganda hozir "Real"ning faqatgina shu nuqtasida kim chinakam asosiy futbolchi degan savolga javob berib bo'lmaydi. Mendi bu mavsum 22 uchrashuvda maydonga tushdi, Marselo esa - 19, lekin braziliyalik futbolchi bu orada 5 marotaba turli darajadagi jarohatlarga duchor bo'lishga ham ulgurdi. Asosiy tarkib uchun emas-ku, lekin zaxiradan tushadiganlar orasida birinchi bo'lish uchun Nacho va Militao o'zaro raqobatlashadi.

5.  Rotaciya va 5 nafar o'yinchi almashtirish

Haftasiga 2 tadan o'yin Zidanni rotaciya ishlariga qo'l urishga majbur qilishi aniq, qo'shimchasiga u endi o'yin davomida 5 nafardan o'yinchini almashtira oladi. Yil boshida Kubok finalida "Atletiko"ga qarshi o'yinda dastlabki reja ish bermagach, Zidan tanaffusdayoq ikki futbolchini va ular orqali taktik sxemani ham o'zgartirgani yodingizda bo'lsa ajab emas. Endi shu kabi vaziyatlarda Zizuning imkoniyatlari yanada kengaydi.

"Madrid" futbolchilari orasida faqatgina Yovichning jarohati jiddiyroq ekanligini inobatga olsak, kuni-kecha Nacho ham jarohat sabab oldindagi o'yinni o'tkazib yuborishi aniq bo'lgandi, lekin u uzoq kuttirmaydi, Zidanda tanlash imkoniyati bo'ladi. Marianoning jarohati-chi deysizmi, CHempionlik poygasida kadrlar muammosi bo'lmaydi.

Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi

BestMaster
14 Iyun 2020, 12:15
zinedin, zidan, qabul, qilishi, kerak, bolgan, qaror,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads