«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Ispaniya chempionatining 28-turi doirasida bo'ladigan «Eybar»ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Hozir "Barsa"dan 2 ochko ortda qolyapmiz. Bu ko'p emas, ammo kam ham emas. Bizni 11ta final kutib turibdi. Biz esa La ligada g'olib chiqish uchun bor kuchi bilan harakat qilamiz.
La Liga – uzoq muddatli musobaqa. U menga yoqadi. Jamoa chempionatda barqaror ishtirok etsa, u Chempionlar ligasida ham yaxshi o'ynaydi. Primera – eng murakkab va uzoq davom etadigan turnir.
Ispaniya futboli ancha murakkab, bizga kuchli raqiblar qarshilik qiladi. Bu esa menga yoqadi. «Real» futbolkasini kiyarkansan, har bir o'yin muhim ahamiyatga ega bo'ladi», – dedi Zidan.