«Manchester Siti» etakchilari — Kevin De Bryuyne va Rahim Sterling yozda «Real»ga o'tishi mumkin, deya xabar tarqatdi "Don Balon".
UEFA tomonidan chiqarilgan "shaharliklar"ni ikki mavsumga evrokuboklardan chetlatish haqida qaror o'z kuchida qolsa, "qaymoqranglilar" bundan foydalanib qolishmoqchi.
Belgiyalik yarim himoyachi va angliyalik hujumchi ikki yil davomida Chempionlar ligasidan chetda qolib ketishni istashmayapti. Shuning uchun ular boshqa jamoa safiga, jumladan, "Real"ga o'tib ketishlari mumkin.
Eslatib o'tamiz, «Manchester Siti» UEFAning qarori yuzasidan Sport arbitraj sudiga murojaat qildi. Sud iyul oyida qarorini e'lon qiladi.