Dortmundning «Borussiya» klubi futbolchisi Jeydon Sancho shu yilning yozida o'z jamoasini o'zgartirishi mumkin. Uning xizmatiga Evropaning top-klublari qiziqish bildirmoqda.
Frantsiya matbuotining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Sancho bilan shartnoma imzolash uchun Angliyaning «Liverpul» klubi etakchilik qilmoqda. Shuningdek, uni «Manchester Yunayted», «Real» va «Chelsi» klublari ham o'z safiga qo'shib olishga harakat qilishmoqda.