Rene Ramos 34 yoshli futbolchi va ispan klubi o'rtasidagi hamkorlikni davom ettirish imkoniyatlarini aytdi.
"Futbolda ko'p narsa tezda o'zgaradi, ammo bizning holatimizda tomonlarning munosabatlari yaxshi. Umid qilamanki, Serxio faoliyatini "Real"da yakunlaydi, u shu narsani orzu qilmoqda. Klub ham shuni xohlaydi degan umiddaman.
Muzokaralar hali boshlanmadi, ammo havotirlanadigan narsa yo'q. Hammasi tayyor bo'lgani zahoti, muzokaralar jarayoni boshlanadi", - deydi agent.
Ramosning "qirollik klubi" bilan tuzgan shartnomasi 2020/21 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.